Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan içki işlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda Namangan şahrida tezkor tadbir ötkazildi.

Unda 1977 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro boşqaruvidagi “Damas” rusumli avtomaşina közdan keçirilib, salonda xorijda işlab çiqarilgan, ammo tegişli hujjatlari bölmagan 5 turdagi biologik faol qöşimçalar borligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, uşbu mahsulotlar qöşni davlatdan aylanma yöllar orqali mamlakatimizga olib kirilgan bölib, Andijon viloyati hududida ularni qirğizistonlik egasiga topşiriş rejalaştirilgan.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, Andijon viloyatining Oltinköl tumanida biologik faol qöşimçalarni qabul qilib olayotgan vaqtida Qirğizistonning Jalolobod viloyati Manas şahrida yaşovçi 1976 yilda tuğilgan ayol hamda u bilan birga kelgan, Qörğontepa tumanida istiqomat qiluvçi 1982 yilda tuğilgan tanişi ham uşlandi.

Ma’lum qilinişiça, jami 2957 dona flakondan iborat bölgan “Samyun Van”, “Çernyy tmin”, “Senna Mekkanskaya”, “Mumiye Altayskoye”, “Kyst al-Xindi” nomli biologik faol qöşimçalarning umumiy qiymati 226 million 343 ming sömni taşkil qiladi.

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.