Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya BMT XKda Rossiyaning Skripal ishi bo‘yicha tashabbusini blokladi
Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik kengashida Rossiya tomonidan taklif etilgan bayonot loyihasini bloklab qo‘ydi. Bu haqda RIA «Novosti» Rossiya doimiy vakolatxonasiga asosan xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, gap GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangan Britaniyaning Solsberi shahridagi hodisa bo‘yicha bayonot loyihasi haqida ketyapti.
«Rossiya tomonidan BMT Xavfsizlik kengashining 14 mart kungi yig‘ilishida taklif etilgan, kengashning matbuot uchun qisqa va faktologik bayonoti loyihasi Buyuk Britaniya vakillari tomonidan bloklab qo‘yildi. U Britaniyada yuz bergan va katta mojaroga olib kelgan kimyoviy hodisani madaniyatli tarzda, tezkor surishtiruvdan o‘tkazishga chaqirishi kerak edi hamda bu tegishli tashkilot (Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti) standartlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim edi. Biroq, u qo‘pol ravishda, siyosiy sabablar bilan bloklab qo‘yildi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Buyuk Britaniyaning talabi bilan BMT Xavfsizlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026