Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksportda naqd valyutani qabul qilishga ruxsat berildi
Foto: Shutterstock
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Norma’ning yozishicha, naqd xorijiy valyutani qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan holatlar ro‘yxati to‘ldirildi. Endi xorijdagi ko‘rgazma va yarmarkalarda tovarlarni realizatsiya qilishda (29.12.2017 yildagi PQ–3451-son qarorga muvofiq), shuningdek norezident xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilishda naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat etildi.
Tijorat banklari kassalari orqali valyutalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.
Tijorat banklariga Nizomda ko‘rsatilmagan xorijiy valyutalarni o‘z xohishiga ko‘ra qabul qilishlariga ruxsat etildi. Masalan, Rossiya rubli, Xitoy yuani va boshqalar. Ilgari valyutalar ro‘yxati qat'iy cheklangan edi.
Mavzuga oid
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026
Banklarga mijozlarga shikastlangan banknota berish taqiqlandi
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
14:03 / 08.04.2026