Jahon | 18:20 / 15.03.2018
15683
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘z onasini uy qamog‘ida saqlagan – OAV

Foto: AP

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘z onasiga nisbatan ancha shafqatsiz munosabat bo‘lgan. U dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan birida ayollar huquqlarini kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun islohotchi deb atalmoqda, deya xabar beradi NBC.

Ta'kidlanishicha, AQShning hozirgi va sobiq yuqori mansabli amaldorlari ma'lumotiga ko‘ra, shahzoda ikki yil muqaddam o‘z onasi va podshoh Salmonning ko‘rishishiga xalaqit bera boshlagan, bu u hokimiyatni o‘z qo‘liga olishi uchun qilingan.

Korrupsiyasiz: nega saudiyalik milliarderlar Forbes ro‘yxatiga kiritilmadi?

Muhammad bin Salmon Ol Saud onasi qayerda ekanini turli bahonalar bilan yashirgan, jumladan, u mamlakatdan tashqarida davolayotgani haqida aytgan. AQShdagi yuqori mansabli amaldorlar razvedka ma'lumotlariga asoslanishgan hamda ularning bildirishicha, shahzodaning onasi uning hokimiyatni egallab olishga qaratilgan rejalariga qarshi chiqqan, ayolning podshohga bo‘lgan ta'siri unga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u Saudiya Arabistonidagi saroyda podshohga bildirilmagan holda uy qamog‘ida ham saqlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid