O‘zbekiston | 16:00 / 15.03.2018
10168
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Pixabay

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlararo to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish ustida ish olib boryapti. 

“Xalq so‘zi” nashrining yozishicha, ayni paytda ikki mamlakatning bu boradagi vakolatli organlari o‘rtasidagi muhokamalar yakuniy bosqichga kirdi.

“Biz yaqin oylarda “Toshkent — Bishkek”, “Farg‘ona — O‘sh”, “Andijon — O‘sh” yo‘nalishlarida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapmiz. Shuningdek, “Toshkent — Issiqko‘l” mavsumiy yo‘nalishini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — degan mazkur agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Shoolim Shovahobov.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, aholi o‘rtasida bu kabi avtobus qatnovlariga bo‘lgan talab juda katta. Ayni chog‘da ikki mamlakat poytaxtlarini bog‘laydigan qatnov mashhur bo‘lishi qayd etilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid