Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida multiturlar yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning ikkinchi yarmida "Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva" va "Chimkent-Turkiston-Ostona" yo‘nalishlari bo‘yicha (shu jumladan, aks yo‘nalishda) kombinatsiyalangan turlar tashkil etiladi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Shuningdek, "Samarqand-Ostona", "Samarqand-Olmaota", "Urganch-Ostona", "Urganch-Olmaota", "Buxoro-Ostona", "Buxoro-Olmaota", "Nukus-Atirau", "Buxoro-Atirau" va boshqa talabgor yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, 2018 yilning ikkinchi yarmida sayyohlarning transchegaraviy harakatlanishlarini soddalashtirish maqsadida O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida doimiy asosda transchegaraviy "yashil koridor" tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026