Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dukkakli mahsulotlar maxsus belgili qoplarda eksport qilina boshlandi
Foto: Tashqi savdo vazirligi
Mahalliy mahsulotlarning jahon bozorlaridagi o‘rnini mustahkamlash hamda Made in Uzbekistan milliy brendining chegaralarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi qoshidagi UzTrade AJ dukkakli mahsulotlarni maxsus belgili qoplarda eksport qilishni boshladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qilmoqda.
«UzTrade savdo belgisi va Made in Uzbekistan belgisi ostida mosh, loviya va no‘xotdan iborat dukkakli mahsulotlar kompaniyaning Afg‘oniston Islom Respublikasining Mozori-Sharif shahridagi Savdo uyiga eksport qilindi, - deb ta'kidladi UzTrade AJ bosh mutaxassisi Bekzod Xoliqov. – UzTrade va afg‘on kompaniyalari o‘rtasidagi dukkakli mahsulotlar eksporti kontraktatsiyasining umumiy qiymati ikki million dollarni tashkil qilmoqda».
Yaqin vaqt oralig‘ida UzTrade kompaniyasining Fransiyadagi UzFranceTrade savdo uyiga 48 tonna hajmidagi mosh partiyasining birinchi eksporti rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
08:59 / 30.12.2025
O‘zbekiston 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi
12:57 / 27.12.2025