Jahon | 10:00 / 16.03.2018
4219
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya Puchdemonni Shveytsariyada hibsga olishni rejalashtirmoqda

Foto: TASS/Zuma

Ispaniyalik prokurorlar hukumat va Intepoldan Kataloniya hukumati sobiq yetakchisi Karles Puchdemonni hibsga olish hamda Shveytsariyaga topshirish ehtimolini o‘rganib chiqish borasida murojaat yuborishdi.

Siyosatchi Jyenevaga 18 mart kuni tashrif buyurib, u yerdagi Xalqaro kinofestival va Inson huquqlari bo‘yicha forumda qatnashishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda AP.

2017 yilning oktabr oyi oxirlarida Ispaniya bosh prokuraturasi Kataloniya hukumatini sudga bergandi, u yerdagi hukumat Madrid tomonidan 27 oktabrda, mustaqillik to‘g‘risidagi referendumdan so‘ng tarqatib yuborildi.

Shundan so‘ng Puchdemon va uning tarafdorlaridan ba'zilari Belgiyaga ko‘chib ketishga majbur bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karles Puchdemon Kataloniya yetakchisi bo‘lishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid