O‘zbekiston | 12:38 / 16.03.2018
14501
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yana bitta avtomatlashtirilgan fotoradar o‘rnatiladi

Foto: IIB YHXB

“Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida avtomatlashtirilgan fotoradar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimiyati tashabbusi bilan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A 373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 142-kilometri – “Qoraxitoy” qishloq fuqarolar yig‘ini hududiga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. 

Avvalroq, 16 fevraldan “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 kilometrlari oralig‘ida (Toshkent shahri chegarasidan Sirdaryo viloyati hududigacha) yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan 3 dona fotoradar uskunasi rasman ishga tushirilgani xabar berilgandi. 

Mazkur fotoradarlar yordamida 13 martga qadar 29 ming 400 dan ortiq haydovchi belgilangan tezlik talabini buzgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid