Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Afrin ozod qilinganini e'lon qildi
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya shimoli-g‘arbidagi Afrin shahrining terrorchilardan ozod qilingani haqida e'lon qildi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
18 mart soat 08:30 holatiga Turkiya harbiy kuchlari va Suriya muxolifati otryadlari Afrin shahrini terrorchilardan tozalashga muvaffaq bo‘lishdi, dedi prezident Chanoqqal'adagi g‘alabaning 103 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda.
"Afrin shahri uzra terrorchilarning iflos ramzlari emas, barqarorlik va xavfsizlik ramzi bo‘lgan bayroqlar hilpiramoqda. Hozir Afrinda Turkiya va Suriya ozodlik armiyasining bayroqlarini ko‘rish mumkin", - dedi Erdo‘g‘an.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, turk xalqi Chanoqqal'a jangidagi kabi mamlakat ichida ham, tashqarisida ham adolatsizlikka qarshi qat'iy kurashni davom ettirmoqda.
Erdo‘g‘an Anqara Suriya shimoli-g‘arbining terrorchilar xatti-harakatlaridan keyingi asoratlarini bartaraf etish va mintaqa infratuzilmasini qayta tiklash uchun imkon qadar harakat qilishiga va'da berdi.
"Biz suriyalik qochqinlarning tez orada vataniga qaytishini ta'minlashga qaratilgan choralarni ko‘ramiz", - dedi Turkiya davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026