Jahon | 13:40 / 18.03.2018
23735
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada prezidentlik saylovi. Nomzodlar ovoz bermoqda (Foto)

© RIA Novosti / Sergey Guneyev

18 mart kuni Rossiyada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. RFning amaldagi prezidenti Vladimir Putin Rossiya fanlar akademiyasidagi 2151-saylov uchastkasiga keilib, saylovda ovoz berdi.

U taomilga ko‘ra, saylov komissiyasi xodimi oldiga kelib, pasportini taqdim etgan va byulleten olib, ovoz berish xonasiga yo‘nalgan.

Xonadan qaytib chiqqan prezident jurnalistlarga saylovda qancha ovoz olsa ham buni muvaffaqiyat deb bilishini aytgan.

Shuningdek, Liberal-demokratlar partiyasi (LDPR) vakili Vladimir Jirinovskiy, "Yabloko" partiyasi asoschisi Grigoriy Yavlinskiy va Lenin nomidagi sovxoz rahbari Pavel Grudinin saylovda qatnashib bo‘ldi.

Vladimir Jirinovskiy
© RIA Novosti / Ilya Pitalev
Grigoriy Yavlinskiy
© RIA Novosti / Yekaterina Chesnokova
Pavel Grudinin
© RIA Novosti / Ramil Sitdikov

Bugun Rossiyada jami bo‘lib 97 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan bo‘lib, ulardan 400tadan ko‘prog‘i xorijda joylashgan. Saylovlarda 100 milliondan ko‘proq kishi ishtirok eta oladi. 109ta davlatdan 1,5 mingga yaqin xorijiy kuzatuvchilar kuzatuv olib bormoqda.

Rossiya prezidenti lavozimiga 8 kishi da'vogarlik qilmoqda. Bular: amaldagi prezident Vladimir Putin, Vladimir Jirinovskiy, Pavel Grudinin, Boris Titov, Kseniya Sobchak, Maksim Suraykin, Sergey Baburin va Grigoriy Yavlinskiy.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid