Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya prezidenti saylovlarining yakuniy natijalari deyarli ma'lum bo‘ldi
Foto: Sergey Fadeichev/TASS
Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin 18 mart kuni Rossiyada o‘tgan prezident saylovlarida hududiy saylov komissiyalari yakuniy bayonnomolarining 99 foizi qayta ishlangandan keyin 76,65 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.
Rossiya kommunistik partiyasi nomzodi Pavel Grudinin 11,82 foiz, Rossiya liberal-demokratik partiyasi nomzodi Vladimir Jirinovskiy esa 5,68 foiz ovoz to‘plagan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Putin uchun 55,403 mlndan, Grudinin uchun 8,54 mlndan ko‘proq, Jirinovskiyga 4,104 mlnga yaqin rossiyalik ovoz bergan.
4-o‘rinni “Fuqarolik tashabbusi” nomzodi Kseniya Sobchak 1,66 foiz ovoz bilan egallagan. Unga 1,197 mlndan ko‘proq rossiyalik ovoz bergan. Shuningdek, Grigoriy Yavlinskiy (“Yabloko”) 1,04 foiz, Boris Titov (O‘sish partiyasi) 0,75 foiz, Maksim Suraykin (“Rossiya kommunistlari”) 0,68 foiz, Sergey Baburin (“Rossiya umumxalq ittifoqi”) 0,65 foiz ovoz to‘plagan.
Mavzuga oid
16:17 / 31.01.2026
Rossiya Trampning iltimosiga qaramay Ukrainaga yana zarba berdi
14:27 / 31.01.2026
Kanada Rossiya hududida vizalar berishni to‘xtatdi
14:26 / 31.01.2026
Sirdaryoda pul uchun Rossiya armiyasiga yollangan 60 yoshli shaxs 5 yilga qamaldi
14:09 / 31.01.2026