Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Si Jinpingga tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingga oliy lavozimga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbarining qutlovida XXR raisining qayta saylangani hamda Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 13-chaqiriq birinchi sessiyasida qabul qilingan tarixiy qarorlar Xitoyni har tomonlama rivojlantirish, xalqaro siyosiy va iqtisodiy maydonda uning nufuzli va taraqqiy etgan davlat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash, global miqyosda, shu jumladan mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.
Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, avvalo XXR Raisining shaxsiy e'tibori va qo‘llab-quvvatlashi tufayli eng yuksak – strategik sheriklik darajasiga chiqqani, amalda har tomonlama o‘ylangan va o‘zaro manfaatli xususiyat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Hukumatlar, vazirlik va idoralar, ishbilarmon, moliyaviy va ilmiy doiralar o‘rtasidagi uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida sanoat, energetika, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, bank-moliya va ko‘plab boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatlar xalqlarini har tomonlama yaqinlashtirish va o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan mintaqalararo va madaniy-gumanitar aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotgani tahsinga sazovor, deyilgan davlat rahbarining qutlovida.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:11 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
14:15 / 21.05.2026
Putin va Si Jinping uchrashuvi. Asosiy tafsilotlar
12:19 / 20.05.2026