Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Germaniya sobiq kansleriga nisbatan sanksiyalar joriy etishga chaqirdi
Yevroittifoq Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shryoderga nisbatan sanksiyalar joriy etishi kerak, sababi u Rossiya ishtirok etayotgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin Germaniyaning Bild nashri bilan suhbatda aytib o‘tdi.
«Gerxard Shryoder – Putinni butun dunyo miqyosida ilgari surayotgan eng muhim shaxslardan biri. Shuning uchun Yevroittifoq bu vaziyatda qanday harakat qilishi mumkin ekanini tekshirib ko‘rish darkor», - deya aniqlik kiritdi u.
Klimkinning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar nafaqat Rossiya hukumati a'zolari va davlat kompaniyalariga aloqador bo‘lishi kerak, balki «Moskva manfaatini xorijda ilgari surayotganlarga» ham tegishli bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:15 / 10.07.2026
Lvivda olomon harbiy komissariat avtomobilini ag‘darib tashladi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
10:10 / 10.07.2026