Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha prezidenti JCh-2018 boykotini qo‘llab-quvvatladi
Polsha prezidenti Anjyey Duda futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimiga bormaslikka qaror qildi. Bu haqda RMF 24 xabar bermoqda.
«Kecha prezident tegishli qarorni qabul qildi, u Rossiyadagi jahon chempionatida Polsha nomidan ishtirok etmaydi», - deya xabar bergan prezident kantselyariyasi rahbari Kshishtof Shcherskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi siyosiy ixtilofdan tashvish bildirayotgani hamda u bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra Saudiya Arabistonini 2018 yilgi jahon chempionatiga qo‘ymasligi mumkin ekani xabar qilingandi.