Jahon | 21:10 / 20.03.2018
8466
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada An-148 samolyotlari parvozlari to‘xtatildi

Foto: wikipedia.org

Rostransnadzor Rossiyaning barcha aviakompaniyalariga An-148 samolyotlarida parvoz qilishni to‘xtatishni buyurdi.

Rostransnadzor rahbari Viktor Basarginning aytishicha, bunday qaror “Saratovskiye avialinii” kompaniyasining rejadan tashqari tekshiruvidan keyin qabul qilingan. 

11 fevralda “Saratovskiye avialinii” kompaniyasining Moskvadan Orska reys amalga oshirayotgan An-148 samolyoti Moskva viloyatida falokatga uchragan. Samolyot bortida 65 yo‘lovchi va ekpajning 6 a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Falokatdan keyin “Saratovskiye avialinii” An-148 samolyotlari ekspluatatsiyasini to‘xtatib qo‘ygan. 16 fevralda esa aviakompaniya An-148 parvozlari kuchaytirilgan ekipajlar bilan tiklanganini ma'lum qilgan. Rejadan tashqari tekshiruv hech qanday qoidabuzarliklarni aniqlamagan. 

2018 yil boshiga Rossiyada 30 ga yaqin An-148 samolyoti foydalanishda bo‘lgan. Bu samolyotlardan 12 tasi Rossiya mudofaa vazirligi va 2 tasi favqulodda vaziyat vazirligiga tegishli. Ushbu samolyot shuningdek “Angara” aviakompaniyasida va “Rossiya” maxsus parvoz otryadida mavjud.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid