Jahon | 18:22 / 21.03.2018
15300
1 daqiqa o‘qiladi
Bojlar jangi. Xitoy AQShga javob qaytarishga tayyorlanmoqda
Xitoy AQShning yangi bojlariga nisbatan o‘z javob choralarini joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Xitoyning choralari AQShga qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportiga aloqador bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati shu haftadayoq Xitoy tovarlariga taxminan 60 mlrd dollarlik miqdorda bojlar joriy etish niyatida ekani xabar qilingandi.
Aniqlik kiritilishicha, bojlar Pekinni Amerika korxonalaridan intellektual mulkni o‘g‘irlaganlik uchun jazolash sifatida joriy etilmoqda.
Mavzuga oid
10:20
O‘zbekiston AQShga har hafta 3-4 tonna uzum eksport qilishni rejalashtirmoqda
20:20 / 14.10.2024
AQShdagi yadroviy obektlar va aviabazalar ustidan sirli dronlar uchib o‘tishni boshladi
16:10 / 14.10.2024
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
10:09 / 14.10.2024