AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'muriyati şu haftadayoq Xitoy tovarlariga taxminan 60 mlrd dollarlik miqdorda bojlar joriy etiş niyatida. Bu haqda Bloomberg bir neça manbalarga asosan xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilişiça, bojlar Pekinni Amerika korxonalaridan intellektual mulkni öğirlaganlik uçun jazolaş sifatida joriy etilmoqda.

Ma'lum bölişiça, ma'muriyat tovarlarning barça turlariga keng kölamli bojlar joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda: Xitoyda işlab çiqarilgan maişiy elektronikadan tortib poyabzal va kiyim-keçakka qadar. Şuningdek, Xitoyning AQŞga kiritadigan sarmoyalariga çeklovlar qöyiladi.

Manbalarning qayd etişiça, bojlarning aniq miqdori va tarkibi özgarişi mumkin.