Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkeyn Trampni Putinni tabriklagani uchun tanqid qildi
Foto: Reuters/Jason Reed
Amerikalik respublikachi senator Jon Makkeyn prezident Donald Trampni tanqid qildi. Prezident Vladimir Putinni saylovda g‘alaba qozongani munosabati bilan tabriklagani uchun tanqidga uchragan.
«Amerika prezidenti soxta saylovda g‘alaba qozongan diktatorni tabriklab, erkin dunyo barpo eta olmaydi. Vladimir Putinni tabriklash orqali prezident Tramp haqqoniy saylovdan mahrum qilingan Rossiya fuqarolarini haqoratladi», — deya yozgan Makkeyn o‘z saytida.
Bundan avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklashdan qaytarishga uringani haqida ma'lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tramp Putin bilan, jumladan, Davlat departamenti rahbariyatidagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, Rossiya va AQSh aloqalarining istiqbolini muhokama qildi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020