Amerikalik respublikaçi senator Jon Makkeyn prezident Donald Trampni tanqid qildi. Prezident Vladimir Putinni saylovda ğalaba qozongani munosabati bilan tabriklagani uçun tanqidga uçragan.
«Amerika prezidenti soxta saylovda ğalaba qozongan diktatorni tabriklab, erkin dunyo barpo eta olmaydi. Vladimir Putinni tabriklaş orqali prezident Tramp haqqoniy saylovdan mahrum qilingan Rossiya fuqarolarini haqoratladi», — deya yozgan Makkeyn öz saytida.
Bundan avvalroq AQŞ prezidenti Donald Trampning maslahatçilari uni Rossiya prezidenti Vladimir Putinni saylovdagi ğalabasi bilan tabriklaşdan qaytarişga uringani haqida ma'lum bölgandi.
Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakçisi Vladimir Putinni prezidentlik saylovida erişgan ğalabasi bilan tabrikladi. Tramp Putin bilan, jumladan, Davlat departamenti rahbariyatidagi özgarişlarni inobatga olgan holda, Rossiya va AQŞ aloqalarining istiqbolini muhokama qildi.












