Tramp Putinga tashvishda ekanini bildirgan
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan o‘zaro muloqot davomida Putinning Amerika mudofaasini chetlab o‘tishi mumkin bo‘lgan qurol ishlab chiqilayotgani haqidagi so‘zlaridan tashvishga tushganini bildirdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi qurollanish poygasida keskinlikni pasaytirish tarafdoridir.
Avvalroq, AQSh qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi raisi general Jon Hayten Qo‘shma Shtatlarda Rossiya hamda Xitoyning gipertovushli qurolidan hech qanday himoya yo‘q ekanini ma'lum qilgandi.
Bundan tashqari, Jon Hayten AQShning suvosti kemalari Rossiyani yo‘q qilib yubora olishi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 12.10.2024
Berbok: Putin Ukraina masalasini Shols bilan muhokama qilishdan bosh tortdi
21:13 / 11.10.2024
NATOning yangi bosh kotibi ittifoqchilarni Putinning yadroviy tahdidlariga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi
16:10 / 11.10.2024
Putin Gurjiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni kengaytirdi
15:10 / 09.10.2024