Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning suvosti kemalari Rossiyani yo‘q qilib yubora oladi – Pentagon
AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i general Jon Haytenning qurolli kuchlar bo‘yicha vakillar palatasi qo‘mitasidagi byudjyet eshituvlari davomida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya tomonidan istalgan hujumga javob qaytarishga qodir. Uning chiqishi tasvirlangan videoyozuv qo‘mita saytida e'lon qilindi.
«Biz barcha tahdidlarga tayyormiz, hamda hech kim bunga shubha qilmasligi lozim», - deya aytib o‘tdi Hayten.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQShga keng ko‘lamli hujumdan tashqari, Vashington javob qaytara olmaydigan boshqa hech narsaga qodir emas.
«Darvoqe, Rossiya bizning suvosti kemalarimiz qayerda joylashganini bilmaydi, ular esa ruslarning davlatini, agarda biz bu yo‘ldan ketadigan bo‘lsak, yo‘q qilib tashlashga qodirdir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Hayten.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
22:47 / 09.07.2026