Jahon | 18:40 / 21.03.2018
18527
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Skripalning zaharlanishini terakt deb atadi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya TIVning tarqatmaslik va qurollar ustidan nazorat masalalari bo‘yicha departamenti direktori Vladimir Yermakov GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi zaharlanishi bo‘yicha ikki taxminni ma'lum qildi.

«Oddiy mantiq faqat ikkita ehtimoliy variantdan darak beradi – Britaniya hukumati yoki o‘z hududidagi shunday teraktning oldini olishga qodir emas, yoxud ularning o‘zi bevosita yoki bilvosita, men hech kimni hech narsada ayblamayapman, Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayolga hujumni uyushtirgan», - deya aytib o‘tdi Yermakov.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, bunday «avantyura» Rossiya tomoni uchun qabul qilib bo‘lmas holatdir.

Mavzuga oid