Jahon | 09:25 / 22.03.2018
8784
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiya ta'siri bilan kurashga 250 mln dollar ajratadi

Foto: Depositphotos

AQSh kongressi «Rossiya ta'siriga qarshi kurashish» uchun 250 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» mamlakatning 2018-moliyaviy yil uchun byudjyet loyihasiga asosan xabar berdi.

«Rossiya ta'siriga qarshi kurashish bo‘yicha jamg‘armaga va Yevropa hamda Yevroosiyoda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xavfsizlik kuchlari imkoniyatini mustahkamlashga kamida 250 mln dollar ajratish kerak. Shuningdek, bu mablag‘ hisobidan ushbu davlatlar hamda AQSh va NATO o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi», - deyiladi hujjatda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, matnda aniqlik kiritilishicha, bu mablag‘lar «Rossiyada demokratiyani mustahkamlash bo‘yicha dasturlarga» ham yo‘naltiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid