Jahon | 00:58 / 22.03.2018
21661
1 daqiqa o‘qiladi

«​Rossiya 1»​ Putinni Amerika saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi

«Rossiya 1» ​telekanali suxandoni «Vesti» teledasturi jonli efirda uzatilayotgan paytda xatolikka yo‘l qo‘ydi. U endigina saylovlarda ishonchli natijaga erishgan Vladimir Putinni Amerikada qozonilgan g‘alabasi bilan tabrikladi.

«AQSh yetakchisi Vladimir Putinni Amerika saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi», deb so‘zlagan suxandon. Shuningdek, jurnalist xato so‘zlayotganini o‘zi anglamagan.

Ma'lum bo‘lishicha, gap AQSh prezidenti Donald Trampning Putin bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida ketmoqda. Amerikalik prezident hamkasbini yana bir bor saylovda g‘alaba qozongani bilan tabriklagandi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid