Jahon | 08:34 / 23.03.2018
7145
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy javob qaytarishga yaqin, AQSh tovarlariga boj joriy etiladi

Foto: Aly Song/Reuters

Xitoy tijorat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, idora AQShdan qator tovarlarga import bojlari joriy etish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan joriy etilgan po‘lat va alyuminiyga bojlar tufayli yuz bergan mamlakat yo‘qotishlarini qoplab beradi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Tijorat vazirligi AQShdan import qilinuvchi va boj joriy etilishi rejalashtirilayotgan tovarlar ro‘yxatini e'lon qildi. Bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan po‘lat va alyuminiyga kiritilgan bojlar sababli yuzaga kelgan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun kerak», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, vazirlik AQShning alyuminiy va po‘lat bo‘yicha bojlariga javob uchun aksilchoralar sifatida boshqa idoralar, biznes va ekspertlik doiralaridan ham turli takliflarni qabul qilib olmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid