Jahon | 18:20 / 23.03.2018
10435
1 daqiqa o‘qiladi

Odessada sariq va pushti rangli qor yog‘di

Foto: izmnews.info

Ukrainaning Odessa oblastidagi Izmail shahrida sariq va pushti rangdagi qor yog‘di. Bu haqda mahalliy The Izmail Times nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Izmaildagi «sariq rangli qor – noodatiy hodisa».

Shahar meri Andrey Abramchenkoning ma'lum qilishicha, qor namunalari laboratoriya tadqiqotlari uchun taqdim etilgan.

«Laboratoriya tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, taqdim etilgan qor namunalardagi kislota miqdori neytral, tuproqda esa – tuproqli-jigarrang aralashma, zararli kimyoviy moddalar aniqlanmadi», - deya aytib o‘tdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid