Jahon | 19:35 / 23.03.2018
20459
1 daqiqa o‘qiladi

Otaning yosh qizchasi bilan “tarzankada” sakrashi katta mojaroga sabab bo‘ldi

Malayziyada erkakning kichkina qizi bilan “tarzanka”da sakrashi tasvirlangan video mojaroga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Mail.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, mahalliy realiti-shou ishtirokchisi Mehd Redha Ro‘zlon 60 metrlik ko‘prikdan sakragan.

Attraktsion yonida turgan odamlar voqeani smartfonlarga olishgan hamda erkakni hayqiriqlar bilan qo‘llab-quvvatlab turishgan.

Internetda e'lon qilingan video huquqni muhofaza qiluvchi organlar va huquq himoyasi tashkilotlari qiziqishini keltirib chiqardi, ular Ro‘zlon hamda uning rafiqasini ota-onalik majburiyatlarini yaxshi bajarmaslikda gumon qilishdi. Bolalar huquqi himoyachisi Gox Si Linning so‘zlariga ko‘ra, u yosh bolani shunday xavfli attraksionga qo‘yishganini avval hech qachon ko‘rmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid