Jahon | 19:30 / 23.03.2018
10864
1 daqiqa o‘qiladi

Seullik ishchilarning kompyuterlari juma kuni majburan o‘chiriladigan bo‘ldi

Foto: iStock

Seul meriyasi so‘nggi o‘n yilda Janubiy Koreyani qamrab olgan mehnatkashlik epidemiyasi bilan kurashga yo‘naltirilgan yangi chorani taklif qildi. Endi juma kunlari Seuldagi ofislar ishchilarining kompyuterlari majburan o‘chiriladi. 

Mazkur tashabbus 30 mart kunidan boshlab amalga oshiriladi va u uch bosqichdan iborat bo‘ladi. Dastlab kompyuterlar o‘chiriladigan vaqt 20:00 etib belgilansa, keyinroq - 19:30, undan keyin esa 19:00 etib belgilanadi. 

Seul meriyasida tajriba barcha ishchilarga nisbatan qo‘llanishi ta'kidlandi, faqat "favqulodda holatlar"gina bundan mustasno. 

Shunisi diqqatga sazovorki, mahalliy xizmatchilarning 67 foizi dasturga test jarayonini kiritmaslikni so‘ragan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid