Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta tiklangan «Surxon» bir qator mashhur futbolchilar bilan shartnoma tuzdi
Termizning «Surxon» jamoasi yangi mavsum oldidan bir qator yangi futbolchilar va murabbiylar bilan shartnoma imzoladi.
Bir necha yildan buyon deyarli faoliyat ko‘rsatmay qo‘ygan klub joriy mavsum oldidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati homiyligiga o‘tkazildi va natijada jamoa bir qator e'tiborli futbolchilarni tarkibga jalb qildi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Dilshod Nuraliyev bundan buyog‘iga jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlaydigan bo‘ldi. O‘z vaqtida «To‘palang» jamoasi rahbari bo‘lgani Abdug‘ani Sanginov endilikda «Surxon»ga xuddi shunday lavozimga tayinlandi.
Termiz davlat universiteti majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimida jamoaning yangi a'zolari Bahriddin Vahobov, Farhod Tojiyev va Islom Inomov tanishtirib o‘tildi. Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etdi.
O‘z navbatida jamoa rahbari Sanginov klub oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad kelgusi mavsumda superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
16:41 / 04.09.2025
Yozning asosiy 10 transferi
15:17 / 17.01.2025
Futbol va buxgalteriya. «Chelsi» nega buncha ko‘p pul sarflay oladi?
08:02 / 15.05.2024
Surxon qo‘riqxonasida tuz bilan oziqlanayotgan morxo‘r takasi fotoqopqon kamerasiga muhrlandi
11:55 / 26.04.2024