Fotoqopqonlar kamerasiga tuz bilan oziqlanayotgan morxör takasi muhrlandi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi. 

Tasvirlarda Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qöriqxonasida ötkazilgan biotexnik tadbirlar davomida qöyilgan tuz bölaklarini morxörlar galasi yalayotgan jarayoni qayd etilgan. 

Morxör Özbekiston Qizil kitobiga hamda Xalqaro TMXI Qizil röyxatiga kiritilgan, yöqolib ketiş yoqasida turgan, lokal kenja turdir. Uning boşqa hayvonlardan yaqqol farqli körinişi bu ularning yoşi katta takalaridagi buralgan katta va uzun (90-100 sm) şoxlaridir. 

Hozirgi kunga kelib Surxon davlat qöriqxonasidagi morxörlarning soni oxirgi sanoq natijalariga köra 673 boşni taşkil qilmoqda.