Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshturma» buzib tashlanadi, o‘rnida zamonaviy xiyobon bo‘ladi
Hukumatning 2018 yil 22 mart kunidagi farmoyishiga asosan, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan 1-son hibsxonasi joylashgan bino va inshootlar Toshkent shahar hokimligiga o‘tadi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanalida ma'lum qilindi.
Farmoyishda yozilishicha, Toshkent shahar hokimligiga mazkur obektni uch oy muddatda buzish va buzishdan bo‘shagan yer maydonini obodonlashtirish va unda barcha infratuzilma obektlari mavjud bo‘lgan zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, xalq orasida «Toshturma» nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur hibsxona yanvar oyida Zangiota tumanida yangi barpo etilgan sakkiz qirrali yulduz shaklidagi binoga ko‘chirilgandi.
Mavzuga oid
17:02 / 17.11.2025
“Toshturma” o‘rniga xiyobon: va’dani bajarish uchun hali ham kechmas
16:40 / 12.11.2025
Sobiq “Toshturma” hududi tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. U yer xiyobon bo‘lishi kerak edi
11:24 / 07.10.2025
Sobiq “Toshturma” hududi bo‘yicha Toshkent shahar hokimiga senator so‘rovi yuborildi
22:34 / 13.11.2018