Mazkur hududda barça zarur infratuzilmaga ega zamonaviy xiyobon (dam oliş maskani) barpo etiş vazifasi yuklatilgan.

Biroq oradan ança vaqt ötganiga qaramay, farmoyişda belgilangan vazifalar ijrosi hanuzgaça töliq ta’minlanmagan. Hozirda uşbu yer maydonlari qarovsiz holatda qolayotgani, ayrim quriliş kompaniyalari tomonidan esa hududdan xususiy manfaatlarda foydalanişga bölgan urinişlar kuzatilayotgani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bölmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisining örinbosari Sayyora Abdukarimova tomonidan Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqovga senator sörovi yuborildi.

Senator Toşkent şahar hokimidan mazkur hududning hozirgi holati, farmoyişda belgilangan vazifalar bajarilişi keçikkani sabablari hamda tegişli yer maydonini obodonlaştiriş va zamonaviy xiyobon barpo etiş böyiça körilgan amaliy çoralar yuzasidan asoslantirilgan tuşuntiriş berişni söragan.