Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «AQSh dunyodagi eng qudratli yadro kuchlariga ega»
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng qudratli yadroviy qurollarga ega ekanligini ta'kidlab, ulardan hech qachon foydalanishga to‘g‘ri kelmasligiga umid bildirdi.
«Biz mudofaaga 654,6 milliard dollar sarflamoqdamiz. Endi uzoq vaqt gapirib kelinganidek, hech kim harbiylarimiz esdan chiqishi haqida so‘z ocha olmaydi. Biz yadroviy tizimlarni yangilashga, ayrim hollarda butkul yangilarini, deylik, atom suvosti kemalarini yaratishga ko‘p pul sarflamoqdamiz. Binobarin, biz doim ideal formada bo‘lgan jahondagi eng qudratli yadroviy kuchlarga ega bo‘lamiz va umid qilamizki, ulardan hech qachon foydalanmaymiz», — degan Tramp.
Tramp juma kuni AQShning 2018 yilgi byudjyetini imzolagan.
1,3 trillion dollar hajmdagi byudjyetda mudofaa masalalariga xarajatlar 80 milliard dollarga o‘sishini nazarda tutadi — bu so‘nggi 15 yil ichida harbiy xarajatlarning ilk bor bu qadar keskin o‘sishidan darak bermoqda. Mudofaa xarajatlariga jami bo‘lib 700 milliard dollar sarflanadi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026