Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina NATOga qanday shartda a'zo bo‘lishi aytildi
Foto: RIA «Novosti»
Ukraina Oliy radasining fraksiyadan tashqari xalq deputati Viktor Chumakning ma'lum qilishicha, mamlakat NATOga Shimoliy Atlantika alyansi bilan munosabatlarning yangi standartlari yuzaga kelsa, a'zo bo‘lishi mumkin. Bu haqda NewsOne xabar bermoqda.
«Demokratiya – bu yaxshi boshqaruvdir. Bu oligarxlar hukumati emas, balki aynan demokratik respublika, bunda shaffof qarorlar qabul qilinishi kerak, davlat qarorlari siyosiy raqobat, manfaatdor tomonlar bilan muhokama orqali qabul etilishi lozim. NATO uchun siyosiy qarorlarni qabul qilish bo‘yicha bu jarayon demokratiya asosi sanaladi», - deya aytib o‘tdi Chumak.
Shuningdek, siyosatchining fikricha, mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishi uchun «NATO va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarning boshqacha standartlari bo‘lishi lozim». Chumakning aniqlik kiritishicha, bu standartlar harbiy bitimlarni emas, balki korrupsiyaga qarshi va iqtisodiy siyosatdagi kelishuvlarni, shuningdek, NATO davlatlari bilan texnik reglamentlar bo‘yicha yagona standartlarni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
22:22 / 26.05.2026
Kiyevga «Oreshnik» bilan hujum: navbat Zelenskiy ofisigami?
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
09:37 / 25.05.2026