Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va KXDR sammiti bo‘yicha muzokaralar sanasi ma'lum
Foto: Reuters
Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning 29 mart kuni uchrashuv o‘tkazish haqidagi taklifini qabul qildi, unda aprel oyidagi Koreyalararo sammit kun tartibi va muddatlari muhokama etiladi. Bu haqda «Renxap» agentligi xabar qilmoqda.
Shimoliy Koreya yuqori darajadagi uchrashuvni mamlakatlar o‘rtasidagi delimitatsiya hududi shimoliy qismida o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Janubiy Koreya payshanba, 22 martda o‘z aloqa kanali orqali KXDRga muzokaralar o‘tkazishning ehtimoliy muddatlari haqida murojaat yo‘lladi. Shanba, 24 mart kuni esa rozilik berildi.
Janubiy Koreya delegatsiyasiga milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vazir Cho Men Gyun rahbarlik qiladi. Shuningdek, uchrashuvda Janubiy Koreya prezidentining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yen, TIV rahbari Kan Gen Xva, mudofaa vaziri Son Yen Mu qatnashadi.
Bo‘lajak Koreyalararo sammitda KXDR yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026