Turkmanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
25 mart kuni Turkmanistonda mamlakat parlamenti – mejlisga saylovlar soat 7.00da boshlandi va soat 19.00gacha davom etadi.
Parlamentdagi 125 ta o‘ringa partiyalar va fuqarolar guruhlari tomonidan ilgari surilgan 284 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Turkmanistonda 3 ta partiya – Demokratik partiya, Agrar partiya hamda Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi faoliyat yuritadi.
Mamlakatda 3,2 mlndan ko‘proq kishi ovoz berish huquqiga ega. Ular 2,6 mingta saylov uchastkasida ovoz bera olishadi. 39 ta uchastka Turkmanistonning xorijdagi elchixona va konsulliklarida ochilgan.
Saylovlar bir mandatli okruglar bo‘yicha o‘tmoqda. Deputatlar 5 yilga saylanadilar. Ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘prog‘ining ovozini to‘play olgan nomzodlar g‘olib deb hisoblanadilar. Parlament saylovlari natijalari saylovlar o‘tgandan keyin 7 kundan kech bo‘lmagan davr ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.
Turkmanistonda saylovlarda davomat chegarasi yo‘q, shu sababli saylovchilarning istalgan davomatida saylovlar o‘tgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
13:35 / 08.10.2024
«Arkadag» qatorasiga ikkinchi yil ochko yo‘qotmasdan Turkmaniston chempioni bo‘ldi
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
17:24 / 15.08.2024