25 mart kuni Turkmanistonda mamlakat parlamenti – mejlisga saylovlar soat 7.00da boşlandi va soat 19.00gaça davom etadi.
Parlamentdagi 125 ta öringa partiyalar va fuqarolar guruhlari tomonidan ilgari surilgan 284 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Turkmanistonda 3 ta partiya – Demokratik partiya, Agrar partiya hamda Sanoatçilar va tadbirkorlar partiyasi faoliyat yuritadi.
Mamlakatda 3,2 mlndan köproq kişi ovoz beriş huquqiga ega. Ular 2,6 mingta saylov uçastkasida ovoz bera olişadi. 39 ta uçastka Turkmanistonning xorijdagi elçixona va konsulliklarida oçilgan.
Saylovlar bir mandatli okruglar böyiça ötmoqda. Deputatlar 5 yilga saylanadilar. Ovoz berişda iştirok etganlarning yarmidan köproğining ovozini töplay olgan nomzodlar ğolib deb hisoblanadilar. Parlament saylovlari natijalari saylovlar ötgandan keyin 7 kundan keç bölmagan davr içida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.
Turkmanistonda saylovlarda davomat çegarasi yöq, şu sababli saylovçilarning istalgan davomatida saylovlar ötgan deb hisoblanadi.












