Jahon | 18:10 / 26.03.2018
13687
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya, Germaniya va Polsha rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuboradi

Foto: clashot

Fransiya rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubormoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Fransiya rossiyalik to‘rt nafar diplomatni chiqarib yuboradi.

Bundan tashqari, Germaniya hukumati ham GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi yuz bergani tufayli rossiyalik to‘rt nafar diplomatni chiqarib yuboradi. Bu haqda Sueddeutsche Zeitung yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, bunday chora Rossiya tomoni zaharlanish bilan bog‘liq hodisada kimyoviy qurol qo‘llaganini surishtiruvdan o‘tkazishda ishtirok etishni xohlamayotganiga aloqadordir. 

Rossiyaning Varshavadagi elchisi Sergey Andreyev xabariga ko‘ra esa, Polsha TIV rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish bo‘yicha qaror qabul qildi. «Qaror qabul qilingan. Bu haqda Polsha tomoni xabardor etadi», - deya ma'lum qildi Andreyev.

Uning ta'kidlashicha, yaqin vaqt ichida Polshada qoladi, mamlakat hukumati bugun tashkil etiladigan matbuot anjumanida qabul qilingan qaror haqida ma'lumot beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid