Jahon | 16:22 / 27.03.2018
14642
2 daqiqa o‘qiladi

Bironta davlat Skripal ishi bo‘yicha dalillar taqdim etmadi – Rossiya 

Foto: TASS

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha hech bir davlat dalillar taqdim etmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning ta'kidlashicha, Rossiya tomoni diplomatlarni chiqarib yuborish qarori nimaga asoslangani haqida ochiq so‘ramoqda.

«Albatta, bu ularning suveren huquqi. Diplomatlarni chiqarib yuborish kuzatib turiladigan hodisa. Biroq, ushbu holatda gap diplomatlarni chiqarib yuborish Rossiyaga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarga asoslangani bilan amalga oshirilayotgani haqida ketyapti. Bugungi kunda hech bir mamlakat, ayniqsa AQSh hamda Buyuk Britaniya hech qanday dalillarni taqdim etmadi», - deya aytib o‘tgan Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, axborot kampaniyasi hisobidan jamoatchilik fikrini o‘zgartirish harakatlari ro‘y beryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mariya Zaxarova Moskva rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishi, shuningdek, AQShda Rossiya bosh konsulligi yopilishiga mos javob qaytarishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid