Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilişiça, Moskva rossiyalik diplomatlar çiqarib yuborilişi, şuningdek, AQŞda Rossiya boş konsulligi yopilişiga mos javob qaytaradi. Bu haqda u Moskvadagi Synergy Women Forum doirasida aytib ötgan.
«TIV bayonotida aytilganidek, YeI davlatlari va AQŞ tomonidan körayotganimiz barça harakatlarga mos javob beriladi», - deya Zaxarovaning sözlarini keltiradi RIA Novosti.
Eslatib ötamiz, 26 mart kuni AQŞ Buyuk Britaniyada sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi zaharlanişi ortidan yuzaga kelgan mojaro tufayli 60 nafar rossiyalik diplomat Qöşma Ştatlar hududidan çiqarib yuborilişi haqda ma'lum qildi. Bundan taşqari, AQŞ Sietldagi Rossiya boş konsulxonasini yopmoqda. Bu «konsulxona suv osti kemalari bazalaridan biriga yaqinligi» bilan izohlandi.
Şuningdek, Ukrainani 13 nafar, Polşa, Germaniya va Fransiyani 4 nafardan, Çexiyani 3 nafar, Daniya va Niderlandiyani 2 nafardan, Litva, Latviya va Estoniyani bir nafardan rossiyalik diplomat tark etadi. Yevropa Ittifoqi kengaşi rahbari Donald Tusk ham «Skripal işi» borasida London bilan birdamlik körsatib, taşkilotning 14 davlati rossiyalik diplomatlarni qaytarib yuborişga qaror qilganini ma'lum qildi.
Avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Ğarb qanday şartda Rossiya bilan döst bölişini aytgandi.













