Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diplomatlar bo‘yicha mos javob qaytariladi - Rossiya TIV
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma'lum qilishicha, Moskva rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishi, shuningdek, AQShda Rossiya bosh konsulligi yopilishiga mos javob qaytaradi. Bu haqda u Moskvadagi Synergy Women Forum doirasida aytib o‘tgan.
«TIV bayonotida aytilganidek, YeI davlatlari va AQSh tomonidan ko‘rayotganimiz barcha harakatlarga mos javob beriladi», - deya Zaxarovaning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni AQSh Buyuk Britaniyada sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi zaharlanishi ortidan yuzaga kelgan mojaro tufayli 60 nafar rossiyalik diplomat Qo‘shma Shtatlar hududidan chiqarib yuborilishi haqda ma'lum qildi. Bundan tashqari, AQSh Sietldagi Rossiya bosh konsulxonasini yopmoqda. Bu «konsulxona suv osti kemalari bazalaridan biriga yaqinligi» bilan izohlandi.
Shuningdek, Ukrainani 13 nafar, Polsha, Germaniya va Fransiyani 4 nafardan, Chexiyani 3 nafar, Daniya va Niderlandiyani 2 nafardan, Litva, Latviya va Estoniyani bir nafardan rossiyalik diplomat tark etadi. Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk ham «Skripal ishi» borasida London bilan birdamlik ko‘rsatib, tashkilotning 14 davlati rossiyalik diplomatlarni qaytarib yuborishga qaror qilganini ma'lum qildi.
Avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson G‘arb qanday shartda Rossiya bilan do‘st bo‘lishini aytgandi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026