Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Kemerovodagi fojianing asl sabablarini aytdi
Foto: HTB
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovodagi “Qishki olcha” savdo markazida yuz bergan yong‘in oqibatlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida ro‘y bergan voqeaga beparvolik hamda o‘lda-jo‘lda ish qilish sabab bo‘lganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, savdo markazidagi yong‘in tufayli 60dan ortiq inson halok bo‘ldi.
"Bizda nimalar yuz beryapti, axir bu jangovar harakatlar, shaxtada metanning chiqib ketishi kabi kutilmagan hodisa emasku. Odamlar, bolalar dam olishga kelgandi. Biz demografiya haqida gapirmoqdamiz va shuncha insonni nima sababdan yo‘qotmoqdamiz? Qabul qilib bo‘lmas mas'uliyatsizlik, o‘lda-jo‘lda ish qilish tufayli", - deya aytib o‘tdi Putin.
Shuningdek, u bir daqiqa sukut saqlab, halok bo‘lganlarning yaqinlari va do‘stlariga ta'ziya izhor qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoga yetib kelgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
23:25 / 22.03.2026