YPX va PPX xodimlariga tan jarohati yetkazganlar ushlandi – IIV
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 25 mart soat 23.30larda, Toshkent shahar IIBB YPX inspektori, kichik serjant E.Ergashev va IIBB JTSB PPX brigadasi haydovchisi, safdor B.Isroilov A.Fitrat ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtida shu ko‘chada shovqin solib harakatlanib kelayotgan 1991 yilda tug‘ilgan S.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli va 1992 yilda tug‘ilgan K.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinalarini to‘xtatgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, haydovchi S.M. avtomashinaga tegishli hujjatlarni taqdim qilayotganida ikkala avtomashinada mast holda bo‘lgan yo‘lovchilari, 1990 yilda tug‘ilgan M.F., 1995 yilda tug‘ilgan R.M., 1994 yilda tug‘ilgan D.M. xodimlarning oldiga kelib faol qarshilik ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng shu hududda xizmat olib borayotgan IIBB PPX va JTSB PPX brigadasi safdori K.Hamidov va kichik serjant Z.Djurayevlar yordamga kelganida, ularning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmay faol qarshilik ko‘rsatib, safdor K.Hamidov va kichik serjant Z.Djurayevlarning bosh hamda yuz qismlariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazganlar.
Natijada safdor K.Hamidov va kichik serjant Z.Djurayev IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.F., R.M. va D.M. ushlangan.
Mavzuga oid
12:20
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024
Toshkentda erkak shifokor muolaja paytida ayol mijozini o‘pib olgani uchun jazolandi
16:27 / 27.09.2024