Jahon | 12:43 / 28.03.2018
6486
1 daqiqa o‘qiladi

Lyuksemburg Moskvadan elchisini chaqirtirib olishga qaror qildi

Foto: Reuters

Lyuksemburg hukumati Moskvadan o‘z elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib olish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda RTL xabar bermoqda.

Avvalroq Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Jan Asselborn mamlakat Britaniyaning Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bilan bog‘liq ish tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni AQSh rossiyalik 60 nafar diplomatni chiqarib yuborishi haqida xabar qilindi. Fransiya, Germaniya hamda YeIning qator davlatlari ham shunday choralar haqida ma'lum qilishdi. Keyinchalik ushbu davlatlarga Kanada va Avstraliya ham qo‘shildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid