Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zto‘qimachiliksanoat" 5 million dollarlik Anglashuv memorandumini imzoladi
14-16 mart kunlari "O‘zto‘qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi Shanxay (XXR)da bo‘lib o‘tgan "Yarn Expo Spring 2018" Xalqaro to‘qimachilik tolalari ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Assotsiatsiya matbuot xizmatida xabar berilishicha, ko‘rgazma yakuniga ko‘ra, mahalliy mahsulot eksportiga doir 5 million dollardan ziyod summaga teng Anglashuv memorandumi imzolangan.
Shanxaydagi ko‘rgazma doirasida Xitoy kompaniyalari bilan qator kelishuvlarga erishildi. Ularning orasida «Nantong Yinshuai Textile Co., Ltd», «Nantong Co-op Textile Exchange Co., Ltd», «Xiamen ITG Group Corp. Ltd», «Xiamen Hangkai Free Trade Corporation», «Xinjiang Asia-Europe International Material Trade Center Co., Ltd», «Gaoyang KeKe Textile Trading Co.,Ltd», «Alashankou Zhonghao Trading Co.,Ltd», «Alashankou Baoneng Commerce and Trade Co., LTD», «Qingyuan Zhouchen Textile Sales Co.,Ltd», «Xiamen Xiangyu Superchain Supply Chain Development Co.,LTD» kabi kompaniyalar bor.
Shuningdek Hindiston va Pokistonning ko‘plab kompaniyalari bilan to‘qimachilik tolalarini yetkazib berish borasidagi aniq kelishuvlarga erishildi. Hindistonlik mutaxassislar joriy yilning may oyida O‘zbekistonga kelishni rejalashtirayotganini ma'lum qilishdi.
Shanxay ko‘rgazmasi yakunlariga ko‘ra, umumiy summasi 4 million dollarlik mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berishga doir shartnoma va kelishuvlar imzolangan.
Mavzuga oid
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
18:07 / 30.05.2026