Zangiota tumanida aholi tomorqa xo‘jaliklari to‘liq xatlovdan o‘tkazildi
Zangiota tumanida 11ta hudud, 85ta mahalla, shundan 2ta jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud. Zangiota tumanida jami xonadon soni 45236ta, shundan tomorqasi bor xonadonlar 38767tani tashkil etadi. Bu haqda tuman hokimiyati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktabrdagi
PF-5199-sonli Farmoni hamda Prezidentning 2017 yil 10 oktabrdagi PQ-3318-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda aholi tomorqa xo‘jaliklari to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Mavjud 85ta mahalla fuqarolari yig‘inlarida 45236ta xonadonlar aniqlangan bo‘lib, shundan ekin maydoni bo‘lganlari 40690tani, ular ixtiyoridagi yer maydoni 1246 gektarni tashkil etadi.
2018 yil hosili uchun 402 gektarga to‘qsonbosti ekinlari ekilgan bo‘lib, 5578 tonna hosil yetishtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, aholi tomorqalarida va dehqon xo‘jaliklarida jami 346406 tup mevali daraxtlar mavjudligi aniqlandi.
Aholi tomorqa xo‘jaliklari egalari tomonidan 359ta taklif 11,6 ga yerda issiqxonalar qurishga, 5575 tup mevali, 5018 tup manzarali daraxtlar ekishga, 579 ta taklif chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirishga, 22ta asalarichilikni tashkil etishga takliflar bildirilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra aholi tomorqalarida zarur bo‘lgan 4022 mln so‘mlik urug‘liklar, 1360 mln so‘mlik yoqilg‘i mahsulotlari va 392 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar tomorqa egalarining o‘z hisobidan sotib olinishi bildirilgan.
Mavzuga oid
10:04 / 27.08.2024
Zangiotada harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi
14:32 / 25.07.2024
«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
07:50 / 23.07.2024
Zangiotada 13 yoshli o‘gay qiziga zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga jazo tayinlandi
10:15 / 14.05.2024