Jahon | 08:52 / 29.03.2018
7665
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh BMTga to‘lovlar kamaytirilishini ma'lum qildi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar tashkilot byudjyetiga to‘lovlarni kamaytiradi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
«Tinchlikparvarlik – bu umumiy javobgarlik. Barchamiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak, hamda hamma ko‘proq sa'y-harakatlarni amalga oshirishi lozim», - deya aytib o‘tdi Heyli.
Xabar qilinishicha, AQSh 2018 yilda BMTga barcha byudjyetning 28,5 foizini to‘lab bergan. Doimiy vakil so‘zlariga ko‘ra, Vashington Amerika qonunlariga muvofiq BMTga byudjyetning 25 foizidan kamroq miqdorda to‘lov kiritishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, tashkilot byudjyetiga to‘lovlar miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Xitoy 10 foiz bilan boryapti.
Mavzuga oid
20:20
AQShdagi yadroviy obektlar va aviabazalar ustidan sirli dronlar uchib o‘tishni boshladi
16:10
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024