Jahon | 07:38 / 29.03.2018
4784
2 daqiqa o‘qiladi

Misrda prezident saylovlarining dastlabki natijalari e'lon qilindi 

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Misrning amaldagi prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy mamlakat prezidenti saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, saylovlarda katta ustunlik bilan yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Youm7 nashri xabar bermoqda.    

Nashrning saylov uchastkalaridan olinayotgan raqamlarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, as-Sisiy o‘zining raqibidan ancha ustunlikka ega bo‘lib, ko‘plab uchastkalarda 90 foizdan ko‘proq ovoz to‘plagan.  

5 ming 934 ta saylov uchastkasidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, as-Sisiyga 9 million 200 ming kishi, uning raqibi Mustafo Musoga 250 ming kishi ovoz bergan.

Misrda joriy saylovlar 26 martda boshlanib, 3 kun davom etdi va 28 mart soat 22.00da yakunlandi. Shu kunlar ichida Qohirada ovoz kuchaytirgichi bo‘lgan mashinalar harakatlanib, odamlarni saylovlarda ishtirok etishga chorlagan.

Misrda hammasi bo‘lib 60 mlnga yaqin odam ovoz berish huquqiga ega. Saylovlar vaqtida 13 mingdan ko‘proq saylov uchastkasi ishlagan. Saylovning yakuniy natijalari 2 aprelda ma'lum qilinishi kutilmoqda. 

Mavzuga oid