Sport | 19:35 / 29.03.2018
78674
2 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov JCh-2018da ishlaydigan bo‘ldi

Foto: AFP 2018/ ODD ANDERSEN

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 musobaqalarida ishtirok etadigan hakamlarning yakuniy ro‘yxatidan o‘rin oldi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

FIFA tomonidan e'lon qilingan so‘nggi ro‘yxatdan jami bo‘lib 36 nafar hakam o‘rin olgan. Oldinroq hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Massimo Buzakka taxminan 25-28 nafar hakam tanlab olinishi, shuningdek videotakrorlar bo‘yicha ham hakamlar ishlashini ma'lum qilgandi. Lekin 36 nafar hakamlarning videoassistent yoki maydondagi hakam sifatida ajratib ko‘rsatilmagan.

UYeFA - Feliks Brix (Germaniya), Junayt Chakir (Turkiya), Born Keypers (Niderlandiya), Shimon Marchinyak (Polsha), Antonio Migel Mateu Laos (Ispaniya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya), Kleman Tyurpen (Fransiya);

Okeaniya - Mettyu Konger (Yangi Zelandiya), Norbert Xauata (Taiti);

KONMeBOL - Julio Baskunyan (Chili), Enrike Kaseres (Paragvay), Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya), Vilmar Roldan (Kolumbiya);

OFK - Fahad al-Mirdasi (Saudiya Arabistoni), Alirizo Fag‘oniy (Eron), Ravshan ERMATOV (O‘ZBeKISTON), Muhammad Abdulla Muhammad (BAA), Sato Ryudzi (Yaponiya) va Navof Shukralla (Bahrayn);

AFRIKA - Mexdi Abid Charef (Jazoir), Malang Didxiu (Senegal), Bakari Gassama (Gambiya), Gehad Grisha (Yegipet), Janni Sikazu (Zambiya), Bamlak Tessema (Efiopiya);

KONKAKAF: Xoel Agilar (Salvador), Mark Geyger, Jyeyr Marrufo (ikkalasi – AQSh), Rikardo Montero (Kosta-Rika), Jon Pitti (Panama) va Sesar Arturo Ramos Palasuelos (Meksika).

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov shu kungacha 2010 va 2014 yillardagi JChda jami 9ta o‘yinda bosh hakam sifatida ishlagandi. Bu borada u rekordchi sanaladi. Hech bir hakam JCh tarixida Ermatovdan ko‘proq o‘yinni boshqarmagan.

Mavzuga oid